Ukraina BMT Boş assambleyasida çiqiş qiliş uçun bir qator taşabbuslarni tayyorlamoqda, ular Rossiya uçun «yoqimsiz syurpriz» böladi. Bu haqda Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelçenko ma'lum qildi, deya xabar beradi Gazeta.ua.
«Biz Boş assambleya uçun bir qator taşabbuslarni tayyorlayapmiz. Ularni oşkor qila olmayman, çunki bizning şimoliy qöşnimiz buni kutmoqda... Ularni (ruslar) Qrim va Donbass böyiça ham, Qrimning harbiylaştirilişi masalasida ham bir neçta yoqimsiz syurprizlar kutmoqda», - deya aytib ötdi Yelçenko.
BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasining oçilişi 2018 yil 18 sentabrga möljallangan. Naşrning ta'kidlaşiça, unda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina nega Qrimdan kemalarini olib çiqib ketmayotgani aytilgandi.












