O‘zbekiston | 08:53 / 29.08.2018
10298
3 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yo‘lladi

Foto: Mark Wilson/Getty Images

Jahon banki prezidenti davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Sizga Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot va konstruktiv sheriklik yo‘lga qo‘yilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Sizning shu yil may oyida Vashingtonga qilgan tashrifingiz davomida bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvdan buyon o‘tgan davrda biz o‘zaro hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdik.

Jahon banki guruhi ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan energetika tarmog‘ini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha ta'limni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar bo‘yicha ko‘maklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda.

Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanmoqda. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

Men O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning sur'ati, miqyosi va ko‘lamidan hanuz chuqur hayratdaman. Sizga O‘zbekiston inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyihamizning dastlabki bosqichlarida ishtirok etayotgani uchun ham samimiy minnatdorlik bildiraman. Siz ham mazkur yo‘nalishdagi yetakchi davlat rahbari sifatida bizning bu boradagi sa'y-harakatlarimizga shaxsan qo‘shilasiz, deb umid qilaman.

O‘zbekistonga tashrif bilan kelish haqidagi taklifingiz uchun Sizdan minnatdorman hamda yaqin fursatda mamlakatingizda bo‘lishdan umidvorman”, - deb yozadi  Jahon banki prezidenti   Jim Yong Kim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid