Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iosif Kobzon vafot etdi
Estrada xonandasi Iosif Kobzon vafot etdi. Bu haqda 30 avgust, payshanba kuni artistning qarindoshlari «Govorit Moskva» radiostansiyasiga xabar berishdi.
U 80 yoshda edi.
27 iyul kuni xonanda o‘pkaga havo yuborish bo‘yicha qo‘shimcha qurilmaga ulangani xabar qilingandi. Bundan oldin artist Moskva shifoxonalaridan birining neyroxirurgiya bo‘linmasi jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning ahvoli barqaror og‘ir deb baholangan.
O‘sha kuni Kobzonning matbuot kotibi Varvara Vinogradova xonandaning shifoxonaga yotqizilishi avvaldan rejalashtirilgani hamda u jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilmaganini ma'lum qilgandi. Xuddi shu xabar 26 iyulda artistning rafiqasi Ninel Kobzon tomonidan berildi.
Kobzonda 2005 yilda saraton kasalligi aniqlangan.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026