O‘zbekiston | 14:20 / 30.08.2018
6175
4 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: Ulug‘nor tumani kompleks rivojlantiriladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “2018-2020 yillarda Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2018-2020 yillarda Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlandi:

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
sanoatni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
qishloq xo‘jaligi sohasini yanada barqaror rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, ichimlik suvi hamda tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur;
ijtimoiy soha obektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo‘yicha manzilli dastur;
qishloq xo‘jaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur.

Andijon viloyati hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturning so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;

muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Andijon viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihalarning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida, Dasturda nazarda tutilgan loyihalarni kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda inobatga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturga kiritilgan obektlar loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan sifatli o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid