Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bilan qutladi. Tabrik matni prezident Matbuot xizmati e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni milliy bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Rossiyada do‘st O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot borasida erishayotgan yutuqlar, mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani mamnuniyat bilan e'tirof etilmoqda.
Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi ezgu an'analarga asoslangan munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilgan. Ishonchim komil, biz birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, mintaqaviy masalalar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham faol rivojlantiramiz. Bu xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi intilishlarimizga hamohangdir.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026