Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp FQB va Adliya vazirligiga qarshi «so‘z jangini» boshladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Indiana shtatiga safari chog‘ida o‘zini qo‘llab-quvvatlayotganlar oldida chiqish qildi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.
Xususan, safar chog‘ida u Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligidan qoniqmayotgani haqida bildirdi. Shuningdek, u vaziyat o‘zgarmasa, «aralashishi» bilan ham tahdid qilgan.
AQSh yetakchisi bir soatdan ortiq vaqt davomida chiqish qilgan Indiana shtatida uni bir guruh tarafdorlari kutib olgan. AQSh prezidenti ikki haftalik «siyosiy ko‘kariqlardan» keyin quvnoq ko‘ringan hamda Qo‘shma Shtatlar sobiq davlat kotibi Xillari Klinton, demokratik ozchilik vakili Nensi Pelosi va OAV kabi dushmanlariga muvaffaqiyatli hujum qilgan, deb xabar beradi ABC News.
«Bizning Adliya vazirligimiz va FQB o‘z ishini qila boshlashi hamda uni to‘g‘ri qilishi, hozir qilishi kerak. Odamlar g‘azablanishmoqda», - dedi Tramp o‘z chiqishi vaqtida. U bu mahkamalarni «sharmandalik», deb atagan.
«Amerika sobiq ulug‘vorligini qaytaramiz» mitingining maqsadi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi oraliq saylovlardan avval Indiana shtatidan bo‘lgan respublikachi nomzodlar pozitsiyasini mustahkamlash bo‘lgan.