Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonidagi «buxoriylar» bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazildi
Islom dunyosida Imom al-Buxoriyning mavqei va obro‘si shu qadar balandki, O‘zbekistondagi qaysi go‘shadan yurtdoshlarimiz kelib chiqmasin, ularni «buxoriylar» deb atashadi.
Saudiya Arabistonida ham ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Mustaqillik bayrami arafasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, “Haj-2018“ mavsumining ishchi guruh rahbari Nuriymon Abulhasan tashabbusi bilan Makkai Mukarramada Saudiyaning Makka va Jidda shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan norasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Nuriymon Abulhasan yig‘ilganlarni mamlakat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan qutlab, ularga uchrashuv uchun minnatdorchilik izhor qildi.

XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek millati vakillaridan ming-minglab kishilar xorijiy mamlakatlarga, jumladan Arabistonga chiqib ketishga mahkum bo‘lgan. O‘sha paytlarda Saudiya Arabistoniga kelib qolgan o‘zbeklarning aksariyati hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa-da, lekin ota-bobolari yurtni tark qilganlarida asosan kichik yoshlarda bo‘lganlar hozirgi kunda ular hayotini davom ettirmoqda.
Saudiyadagi «buxoriy»lar o‘zbekona milliy urf-odat va an'analarni o‘zbek tili va o‘zliklarini saqlab qolgan. Ularning farzandlari arab tilida tahsil oladi, lekin oilada va o‘zbek jamoalarida o‘zbekcha so‘zlashadilar.
Nuriymon Abulhasan hozirgi kunda Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni keng rivojlantirishga imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida vatandoshlar tomonidan Farg‘ona viloyati bosh imom xatibi Salimjon Qodirovga muqaddas Ka'bapo‘sh tuhfa qilindi. Vatandoshlar bunday uchrashuv tez orada Toshkentda ham tashkil etilishiga istak bildirdilar.

Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026