Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefoniga tikilib qolgan ayol qizi cho‘kib ketayotganini sezmay qoldi
Xitoyning Futszyan provinsiyasi Fuchjou shahrida ona qizi sun'iy hovuzda cho‘kayotganini bir daqiqadan ortiqroq vaqt davomida payqamadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Bir yoshli qizcha tug‘ilgan kuni munosabati bilan basseynga olib borilgan. Onasi mobil telefoniga chalg‘ib qolganda, chaqaloq ichida bo‘lgan qutqarish chambaragi ag‘darilib ketadi. Natijada bolaning boshi suv ostida qolgan.
Ayol matnli xabar yozayotgan bo‘lgan va nima ro‘y berganini sezmagan. Uning e'tiborini boshqa bola o‘ziga tortishga urinadi, lekin u parvo ham qilmaydi. Basseyn xodimi biroz vaqtga chiqib ketgan bo‘lgan, shuning uchun uning yonida katta yoshli boshqa odamlar bo‘lmagan.
Ayol qizi cho‘kib ketayotganini anglaganida oradan deyarli bir yarim daqiqa o‘tgandi. U qizini olib chiqdi va unga sun'iy nafas berishga harakat qildi, so‘ng tezlik bilan chiqib ketgan.
20 daqiqadan keyin ona bolani kasalxonaga olib kelgan. O‘sha paytda qiz nafas olmayotgandi, yuragi to‘xtab qolgan bo‘lgan. Shifokorlar uni jonlantirishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin u hushiga kelmadi.
Bola juda og‘ir ahvolda kasalxonada qolmoqda. Basseyn menejyeri tibbiy xarajatlarning bir qismini to‘lab berish taklifi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026