Yuz minglab odamlarni o‘limdan saqlab qolish yo‘li topildi
Amerikalik olimlar morfindan kuchliroq, ammo qaramlik va xavfli salbiy asoratlarni chaqirmaydigan AT-121 og‘riq qoldiruvchi preparatni ishlab chiqishdi. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.
Tadqiqotchilarning umid bildirishicha, preparat og‘riq qoldiruvchi dorilarga qaramlik va ularning dozasi oshib ketgani tufayli yuz beruvchi o‘lim holatlari sonini kamaytirishga yordam beradi. 2012 yilda faqatgina AQShning o‘zida opioid analgetiklarni qabul qilish tufayli 16 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Yangi birikma M-opioid retseptorlar (MOR) va notsitseptin retseptorlari - bosh miya neyronlaridagi oqsil molekulalarga ta'sir ko‘rsatadi. MOR an'anaviy og‘riq qoldiruvchi preparatlar uchun nishon bo‘lib, notsitseptin retseptorlari esa qaramlik hamda o‘rganib qolishning rivojlanishiga daxldordir.
Itsimon maymunlar (makakalar) ishtirokidagi sinovlar shuni ko‘rsatdiki, AT-121 odatdagidan yuz barobar past konsentratsiyada morfinga o‘xshash og‘riq qoldiruvchi ta'sirni ko‘rsatgan. Bundan tashqari, preparat hayvonlarning oksikodon - yarim sintetik opioiddan qaramlik darajasini pasaytira oladi. AT-121’ning yuqori dozalari nafas tizimi va yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlarga olib kelmagan.
Olimlarning umid qilishicha, natijalar insonlar ishtirokida o‘tkaziladigan keyingi testlarda tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:55 / 05.11.2024