Amerikalik olimlar morfindan kuçliroq, ammo qaramlik va xavfli salbiy asoratlarni çaqirmaydigan AT-121 oğriq qoldiruvçi preparatni işlab çiqişdi. Bu haqda Science Alert naşri xabar bermoqda.
Tadqiqotçilarning umid bildirişiça, preparat oğriq qoldiruvçi dorilarga qaramlik va ularning dozasi oşib ketgani tufayli yuz beruvçi ölim holatlari sonini kamaytirişga yordam beradi. 2012 yilda faqatgina AQŞning özida opioid analgetiklarni qabul qiliş tufayli 16 mingdan ortiq kişi halok böldi.
Yangi birikma M-opioid retseptorlar (MOR) va notsitseptin retseptorlari - boş miya neyronlaridagi oqsil molekulalarga ta'sir körsatadi. MOR an'anaviy oğriq qoldiruvçi preparatlar uçun nişon bölib, notsitseptin retseptorlari esa qaramlik hamda örganib qolişning rivojlanişiga daxldordir.
Itsimon maymunlar (makakalar) iştirokidagi sinovlar şuni körsatdiki, AT-121 odatdagidan yuz barobar past konsentratsiyada morfinga öxşaş oğriq qoldiruvçi ta'sirni körsatgan. Bundan taşqari, preparat hayvonlarning oksikodon - yarim sintetik opioiddan qaramlik darajasini pasaytira oladi. AT-121’ning yuqori dozalari nafas tizimi va yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilişlarga olib kelmagan.
Olimlarning umid qilişiça, natijalar insonlar iştirokida ötkaziladigan keyingi testlarda tasdiqlanadi.












