Jahon | 17:09 / 01.09.2018
17971
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya «xafa bo‘lgan pozasiga» turib olmaydi

Foto: Rossiya TIV

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya boshqa davlatlar bilan murakkab o‘zaro munosabatlar davrida «xafa bo‘lgan pozasiga» turib oladigan mamlakat emas. Bu haqda ushbu davlat tashqi ishlar vaziri «Rossiya 1» telekanalidagi ko‘rsatuv efirida aytib o‘tdi.

Lavrov bu bayonotni AQSh bilan sanksiyalar bosimi fonidagi munosabatlar haqida izoh berish so‘ralganida qilgan.

«Biz «xafa bo‘lgan» pozasiga turib oladigan davlat emasmiz - agarda siz biz haqimizda juda ham noto‘g‘ri bo‘lgan nimanidir aytgan bo‘lsangiz, unda biz muloqot qilmaymiz. Bu bizning usulimiz emas», - dedi Lavrov.

Vazirning ta'kidlashicha, Rossiya tomoni boshqa mamlakatlar bilan muloqot chog‘ida «hech qachon eshikni yopmaydi».

Uning qayd etishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarida hozirgi vaqtda Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosiy pozitsiya «noodatiyligi»ni tushunayotgan «ko‘plab siyosatchilar» bor.

«Mening fikrimcha, bu Amerika tarixidagi achinarli sahifa», - deya xulosa qildi Lavrov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp yil oxirigacha uch marta uchrashishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid