Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Hasanboy Do‘smatov finalda yutqazdi
O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ilk kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Finalda -49 kg vazn toifasi vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit bilan jang qildi.

Murakkab kechgan 3 raundlik jang yakunida hakamlar hindistonlik bokschining 3:2 (29:28, 28:29, 28:29, 29:28, 27:30) hisobidagi g‘alabasini e'lon qilishdi.

Bu kumush O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi 22-kumush bo‘ldi.
Bugun yana 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun ringga chiqadi:
-52kg: Jasurbek Latipov - Rogen Ladon (Filippin)
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
00:24 / 02.03.2026