Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzema Ronalduning rekordini yangiladi
«Real» hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi.
Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 3-turida «Leganes» darvozasini ishg‘ol qildi, bu esa Benzema Ispaniya primerasida 33-jamoaga gol urishi bo‘ldi. U shu vaqtgacha Ispaniyada turli mavsumlarda 33 jamoaga qarshi maydonga tushgan va faqat «Leganes» darvozasini ishg‘ol qila olmagandi.
Shu yozda «Yuventus»ga yo‘l olgan Krishtianu Ronaldu Ispaniya primerasidagi ishtiroki davomida 32 jamoa darvozasiga gol urgandi.
«Real»ning sobiq futbolchisi Ugo Sanches hisobida ham yuqori ligada 33 jamoa darvozasiga urilgan gollar bor.
Ayni vaqtda Ispaniyada eng ko‘p jamoaga gol urgan futbolchi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi, u 36 jamoaga gol urgan. Ikkinchi o‘rinni 35tadan jamoaga gol urgan Arits Aduris va Raul bo‘lishib turibdi. Uchinchi o‘rinni Xulio Salinas (34) egallagan. Keyingi o‘rinlarda Benzema, Ugo Sanches va Raul Tamudo (33tadan) joylashgan.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026