Jahon | 13:18 / 03.09.2018
26180
2 daqiqa o‘qiladi

Baliqlarga ko‘z yopishtirib qo‘ygan sotuvchi ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur» bo‘lib ketdi

Kuvaytda baliq do‘koni firibgarlik uchun yopib qo‘yildi. Al Bayan nashrining Twitter-akkauntida xabar berilishicha, sotuvchi baliqlar xuddi yangidek ko‘rinishi uchun ularga plastik ko‘zlar yopishtirib qo‘ygan.

Foto: albayan.ae

Al Arabiya nashri ma'lumotlariga ko‘ra, yolg‘on xaridorlardan biri baliqni yuva boshlaganida ko‘z tushib ketganidan so‘ng fosh bo‘lgan. U ijtimoiy tarmoqlarda suratlar bilan bo‘lishdi, shundan so‘ng bu yangilik juda ommalashib ketdi. Ularga mamlakat Savdo vazirligi ham e'tibor qaratdi, vazirlik vakillari ayol bilan bog‘lanishdi, so‘ng baliq do‘konini yopib qo‘yishdi.

Foto: albayan.ae

Xabar qilinishicha, sotuvchi xaridorlar baliq yangi yoki yangi emasligini uning ko‘zlaridan aniqlashlarini bilgan hamda sarg‘ayib ketgan rangdor pardani yorliq ostiga yashirgan.

Butun dunyo bo‘ylab Twitter foydalanuvchilari omadi yurishmagan sotuvchining ustidan kulishda hamda bu usulni ishonchsiz, deb atashdi. Elodie Mainze nikli kanadalik foydalanuvchining qo‘shimcha qilishicha, «bu juda yomon sotish usuli, ammo juda kulgili». U xaridorlar buni sezmaganiga shubha bilan qaragan.

Mavzuga oid