Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jumabekov va Erdo‘g‘an parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi
Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengeshi raisi Dostonbek Jumabekov va olti yirik parlament fraksiyalari yetakchilari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik, uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Shuningdek, parlamentlararo kelishuvga erishish masalasi hal etildi. Bu haqida Jo‘qorg‘i Kengesh matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Rasmiy tashrifingiz ikki tomonlama aloqalarni kuchaytirishga katta yordam beradi. Bizni do‘stlik va ko‘plab sohalardagi hamkorlik o‘zaro birlashtirib turadi. Kelgusida mamlakatlarimiz uchun manfaatli shartnomalarga erishishimiz lozim”, dedi Jumabekov.
Jumabekov Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasida parlamentar aloqalarni yo‘lga qo‘yish va buni Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi doirasida amalga oshirishning ahamiyatini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Erdo‘g‘an Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim nomidan Jo‘qorg‘i Kengeshi deputatlariga salom yo‘lladi va shu yilning noyabr oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisga taklif etdi.
Mavzuga oid
08:28
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026