O‘zbekiston | 18:38 / 04.09.2018
16299
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazadi

Foto: Sputnik

2018 yil 7 sentabr kuni Moskvada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hukumati rahbari Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar. Atom energiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta'lim sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga alohida e'tibor qaratiladi, deya xabar beradi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

Muzokaralardan so‘ng Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov raisligida Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid