Jahon | 00:18 / 04.09.2018
13425
1 daqiqa o‘qiladi

IShIDning daromadi o‘n marta kamayib ketgan – FXX

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining tezkor axborot va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sergey Beseda IShID terrorchilik guruhining daromadlari 2014 yildan beri 10 marta kamayib ketganini ma'lum qildi. 

Besedaning ta'kidlashicha, guruhning daromadlari 2014 yilda 3 mlrd dollarga baholangan bo‘lsa, hozirda u 200-300 mln dollar daromad olishi mumkin.  

Uning tushuntirishicha, guruh daromadining kamayishi neft va jangarilar egallagan hududlarda kiritgan soliqdan olinadigan daromad ancha kamaygani bilan bog‘langan. 

Besedaning ma'lum qilishicha, IShID mablag‘larini qonuniy biznesga tikib, shu tariqa ularni yuvishga harakat qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid