Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Rossiya tomonidan eng yirik bombardimon boshlangani xabar qilindi
Rossiya HKK Idlib shahridagi qurollangan guruhlar joylashgan hududlarda bir yil ichidagi eng yirik bombardimonni boshladi, deb xabar berdi Al-Masdar News harbiy manbalarga tayanib.
Ularning ma'lumot berishicha, harbiy harakatlarda “Su” samolyotlari qatnashmoqda. Xabarga ko‘ra, bombardimonchi samolyotlar shaharning janubiy va g‘arbiy tumanlari bo‘ylab 50ga yaqin aviazarba bergan.
Reuters agentligining bildirishicha, muxolifat vakillari va kuzatuvchilar ham Suriya hududida rossiyalik harbiylar bombardimonni amalga oshirishganini xabar qilishgan.
Rossiya mudofaa vazirligi operatsiya boshlangani haqida hozircha rasmiy xabar tarqatmagan.
Avvalroq, 4 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Idlib viloyatida Rossiya va Eron qo‘shinlarining harbiy harakatlar boshlashi Suriya uchun jiddiy gumanitar halokatga aylanishi mumkinligini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuz minglab kishilar halok bo‘lishi mumkin.
Idlib Suriyaning jangarilar nazorati ostida bo‘lgan oxirgi shahridir. Mazkur hudud uchun janglar 2011 yildan buyon davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026