Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirdi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar Asadning Idlib viloyatidagi «telbalarcha» hujumini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, «juda jiddiy xato» qilishi mumkin.
Trampning ma'lum qilishicha, Asad Idlibga «telbalarcha» hujum qilmasligi kerak. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Damashqning bu viloyatni ozod qilish bo‘yicha rejalariga shunday reaksiya bildirdi.
«Rossiyaliklar va eronliklar agar ushbu ehtimoliy insonlar fojiasida ishtirok etsa, jiddiy gumanitar xatoga yo‘l qo‘yadilar», - deya yozadi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar natijasida «yuz minglab odamlar» halok bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyaga zarba berish uchun obektlar ro‘yxatini tuzgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
08:52 / 11.05.2026