Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV aholi bilan bog‘liq «falokatli» holat haqida ma'lum qildi
Foto: REUTERS
Ukrainaning tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilishicha, har yili mamlakatdan bir millionga yaqin ukrainaliklar chiqib ketmoqda. Bu haqda u ICTV telekanali efirida aytib o‘tdi.
«Bizda haqiqatdan falokatli vaziyat - har yili taxminan bir millionga yaqin ukrainaliklar mamlakat tark etmoqda», - deya aytib o‘tdi Klimkin.
Shu bilan birga, vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tendensiya yaqin vaqt ichida saqlanib qoladi. Shuningdek, Klimkinning ta'kidlashicha, faqatgina Polshada 1,4 mln ukrainalik istiqomat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Klimkin Ukraina hududida NATO bazalari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi savolga javob bergandi.
Uning ma'lum qilishicha, Ukraina NATO va Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lishidan oldin Konstitutsiyani o‘zgartiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaviy tuzatishlarda mamlakat hududida harbiy bazalarni joylashtirish masalasi «belgilab beriladi».
Mavzuga oid
23:41 / 30.12.2025
Yil yakunida axborot urushi: Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda
21:29 / 30.12.2025
Kreml Putinning qarorgohiga hujum uyushtirilgani haqidagi bayonotlardan keyin uning manzilini maxfiylashtirdi
20:08 / 30.12.2025
Putin qarorgohiga dron hujumini tasdiqlovchi dalillar yo‘q – ISW
16:11 / 30.12.2025