Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Maqom-2018” munosabati bilan yo‘lovchi poyezdlarning jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
2018 yil 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro “Maqom-2018” san'at anjumani o‘tkazilishi munosabat bilan yo‘lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra:
1) 6.09.2018 yil Urganchdan Toshkentga jo‘naydigan № 55-sonli poyezdning Kattaqo‘rg‘ondan Samarqandgacha,
2) 6.09.2018 yil Toshkentdan Termizgacha jo‘naydigan № 380-sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha,
3) 6.09.2018 yil Andijondan Urganchga jo‘naydigan № 393-sonli poyezdning G‘allaoroldan Ziyovuddingacha,
4) 6.09.2018 yil Toshkentdan Buxoroga jo‘naydigan № 662-sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha,
5) 6.09.2018 yil Sariosiyodan Toshkentga jo‘naydigan № 679-sonli poyezdning Kayirmadan G‘allaorolgacha bo‘lgan masofadagi harakat jadvali o‘zgartiriladi.
Shuningdek, 2018 yil 5-6 sentabr kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi № 766/765 -sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi.
Ushbu reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar kassaga murojaat qilishlarini so‘raladi. Yo‘lovchilar mazkur poyezdlarga olgan chiptalarni boshqa poyezdga almashtirib, yoki foiz ushlamasdan chipta pullarini to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.
Shu munosabat bilan quyidagi kassalarga murojaat qilish mumkin:
1. Toshkent shahridagi yo‘lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga,
2. Samarqand shahridagi yo‘lovchilar“Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga,
3. Buxoro viloyatidagi yo‘lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va 3-sonli kassalarga,
4. Navoiy shahridagi yo‘lovchilar esa Navoiy vokzalidagi 3-sonli kassalarga.
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotlarni 1005 telefon raqamidan (poytaxtdagi ma'lumot byurosi) hamda hududlardagi ma'lumot bo‘limlaridan, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ rasmiy veb-saytilaridan bilib olish mumkin: railway.uz, uzrailpass.uz.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026