Sport | 20:10 / 06.09.2018
6532
1 daqiqa o‘qiladi

Ignatiy Nesterov terma jamoada yubiley o‘yinida maydonga tushdi

Darvozabon Ignatiy Nesterov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi yubiley 100-o‘yinini o‘tkazmoqda.

U terma jamoaning Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida boshlang‘ich tarkibda o‘yinni boshladi.

Futbolchilik faoliyati davomida «Dinamo» (2001), «Paxtakor» (2001-09) va «Bunyodkor» jamoalari darvozasini qo‘riqlagan futbolchi ayni vaqtda Toshkentning boshqa bir jamoasi «Lokomotiv» a'zosi hisoblanadi. U O‘zbekiston chempionatida turli jamoalar safida 10 marta chempion bo‘lgan, 2003, 2004 va 2012 yillarda Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida o‘ynagan.

U terma jamoada 2002 yilda debyut qilgan. Nesterov terma jamoa bilan 4 marta Osiyo kubogida ishtirok etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid