Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrida bo‘ladigan Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shahrisabz shahrida prezident tashabbusi bilan 6-10 sentabr kunlari I Xalqaro maqom forumi o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda sohibqiron Amir Temurning mahobatli haykali o‘rnatilgan Oqsaroy maydoni hududida har bir viloyatning o‘ziga xos milliy urf-odat va an'analari, tarixiy obidalarini aks ettiruvchi namunalar o‘rnatilgan.
Xalqaro maqom san'ati anjumanida 75 davlatdan 300dan ortiq san'atkorlar ishtirok etish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026