O‘zbekiston | 12:20 / 06.09.2018
28956
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maqom festivalini ochib beradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Shahrisabzda Xalqaro maqom festivali ochilish marosimida ishtirok etib, festivalni ochib beradi.

Shahrisabz shahrida prezident tashabbusi bilan 6-10 sentabr kunlari I Xalqaro maqom forumi o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda sohibqiron Amir Temurning mahobatli haykali o‘rnatilgan Oqsaroy maydoni hududida har bir viloyatning o‘ziga xos milliy urf-odat va an'nalari, tarixiy obidalarini aks ettiruvchi namunalar o‘rnatilgan. Bu yerda turli sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar, yallayu laparlar ijro etilmoqda.

Xalqaro maqom san'ati anjumanida 75 davlatdan 300 dan ortiq san'atkorlar ishtirok etish istagini bildirgan. Mahalliy elektron va bosma OAV vakillaridan tashqari ko‘plab chet el ommaviy axborot vositalari xodimlari mazkur anjumanni yoritish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid