O‘zbekiston | 07:48 / 06.09.2018
15990
2 daqiqa o‘qiladi

Umumta'lim muassasalarining vasiylik kengashlari tugatiladi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Xalq ta'limi vazirligining:

2018 yil 1 oktabrdan boshlab umumta'lim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish;

tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, yuridik shaxs maqomisiz umumta'lim muassasalarining kuzatuv kengashlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Quyidagilar umumta'lim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan umumta'lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

umumta'lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

umumta'lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;

umumta'lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan, auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;

o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta'lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;

ta'lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda bir oy muddatda Umumta'lim muassasasining kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni va uning namunaviy tarkibini tasdiqlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid