Fuqaro YHXB xodimiga pora taklif qilib, berayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Buxoro tumanida 5 sentabr kuni Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, Romiton tumanida yashovchi S.I. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini “Romiton-Buxoro” yo‘lining 5-km.da belgilangan tezlikdan oshirgani uchun uni to‘xtatib, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida, haydovchi unga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmasligini so‘rab, evaziga 50 000 so‘m pulni pora sifatida taklif qilayotganini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shundan so‘ng ko‘rilgan tezkor tadbir natijasidan haydovchi S.I. xodimga 50 000 so‘m pulni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan S.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
12:22 / 08.11.2024
Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
17:42 / 05.11.2024