Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Diyego Maradona Meksika klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona Meksikaning «Dorados de Sinaloa» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoa rasmiy tvitterida xabar berilgan. Hozircha ushbu tayinlov bo‘yicha boshqa ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli mutaxassis ayni paytda Belarusning «Dinamo Brest» klubi bilan 3 yillik shartnomaga ega. U rasman jamoada boshqaruv raisi bo‘lib ishlamoqda.
«Dorados» klubi Meksika shimoli-g‘arbida joylashgan Sinaloa shahri sharafini himoya qiladi. Ikkinchi divizion vakili payshanba kuni bosh murabbiy Frantsisko Gamesni iste'foga chiqargan edi. Bunga mavsumning muvaffaqiyatsiz starti, xususan 15 ochko imkoniyatdan bor-yo‘g‘i 3 ochko jamg‘arilgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda «Dorados» 15 klub orasidan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022