Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga javob qaytardi - CNN
Foto: REUTERS
IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi koalitsiya rossiyalik harbiylarning «tahdidlari»ga javob sifatida Suriyada mashqlarni boshladi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh 1 sentabr kuni Rossiyadan Suriya janubidagi hududga qo‘shinlarni olib kirish niyati haqidagi ogohlantirish kelib tushgach, mashqlarni o‘tkazish haqida topshiriq bergan.
Ta'kidlanishicha, koalitsiya ushbu mashqlarni Rossiya va Suriya hukumatiga o‘z qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi darajasini «ko‘rsatib qo‘yish» uchun o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh sanksiyalari tahdidiga qaramay, S-400 uchun maydoncha tayyorlayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:08
Rossiya Odessaga ballistik raketalar bilan zarba berdi, yetti kishi halok bo‘ldi
09:41
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
23:06 / 19.12.2025