Turkiya AQŞning Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa komplekslarini xarid qiladigan bölsa sanksiyalar böyiça tahdidlariga qaramay, Rossiya raketa majmuasi uçun maydonçani quriş jarayonida turibdi. Bu haqda CNBC telekanali manbasi xabar berdi.
CNBC’ning qöşimça qilişiça, bir oy oldin hisobotlarning birida Turkiyada joylaşgan uçiriş kompleksi va bunkerlar tasvirlangan sun'iy yöldoş tasvirlari paydo bölgan. Manbalar sözlariga köra, uşbu konstruksiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa kompleksi modeliga mos keladi.
Ötgan yili Anqara Moskva bilan S-400 yetkazib beriş böyiça 2,5 milliard dollarlik şartnoma imzoladi, Bu esa, öz navbatida, NATO böyiça Turkiyadagi şeriklari orasida taşviş uyğotdi, ularning xavfsiraşiça, Moskvaning mintaqadagi harbiy iştiroki oşib boradi, deyiladi materialda.
Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslari, telekanaldan ta'kidlanişiça, Amerikaning THAAD raketalar qarşi majmuasidan farqli ravişda kengroq diapazonga ega. Turkiya C-400’ni kelasi yili qabul qilib olişi kerak, hamda, kutilişiça, kompleks 2020 yilga qadar foydalanişga tayyor böladi.
Amerika telekanalining qayd etişiça, vaziyat AQŞ kongressida Turkiyaga Qöşma Ştatlarning F-35 qiruvçilarini yetkazib berişni bloklaş harakatlari fonida rivojlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan S-400 böyiça qarordan qaytmasligini bildirgandi.

















