Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hilol» nashriyotida yangi asarlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8 sentabr kuni «Hilol» nashriyot-matbaa majmuasining majlislar zalida diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ikkita asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.
Tadbirda Muhammad Ayyub Homidov, Obid Mirhamidov, Abdulaziz Usmonov, Akmal Mirhamidovlar qalamiga mansub (g‘oya muallifi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) «Imomi A'zam» va Rahmatulloh Sayfuddinov (Sayyid Rahmatulloh Termiziy) qalamiga mansub «Mo‘min kishi – mukarram zot» asarlari taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, Salohiddin domla Abdug‘affor o‘g‘lining Imom A'zam rahmatullohi alayh haqlaridagi ma'ruzalari jamlangan yangi diski (mp3 va DVD formatda) ham mehmonlarga taqdim etildi.
Taqdimot davomida ushbu nashrlar ustida ko‘p kishilik ijodiy jamoa ishlagani, jumladan, musavvirlar, dizaynerlar, texnik mutaxassislar, sahifalovchilar kitobga o‘zgacha mehr bergani holda nashrga tayyorlashgani, bosmaxona jamoasi ushbu kitoblarning yuqori sifatda bosilishida alohida jonbozlik ko‘rsatishgani alohida e'tirof qilindi.
Mavzuga oid
08:04 / 04.04.2026
Eng yirik iqtisodiyotlarda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi - infografika
07:20 / 27.03.2026
Infografika: 2026 yilda dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
10:43 / 19.03.2026