O‘zbekiston | 11:47 / 08.09.2018
7807
1 daqiqa o‘qiladi

«IrAero» aviakompaniyasi Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Foto: Dmitriy Yakovlev

Oktyabr oyida «IrAero» aviakompaniyasi Krasnoyarsk aeroportidan Farg‘onaga aviareyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«IrAero» aviakompaniyasi Krasnoyarsk - Farg‘ona yangi muntazam yo‘nalishi uchun chiptalar sotuvini boshladi. Parvozlar 2018 yilning 7 oktabridan 2019 yilning 24 martiga qadar Sukhoi SuperJet 100 havo kemasida amalga oshiriladi», - deyiladi xabarda.

Farg‘onaga va ortga reyslar yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

«Toshkent so‘ng Farg‘ona Krasnoyarsk bilan muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish orqali bog‘langan O‘zbekistonning ikkinchi shahri bo‘ladi. Biz kuzgi-qishki jadvalda MDH mamlakatlari va uzoq xorijga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz», - deya aniqlik kiritdi aeroport bosh direktori Andrey Mettsler.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid