Jahon | 18:56 / 08.09.2018
18712
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Rossiyaga kelmoqchi

Foto: RIA Novosti

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurishga tayyorligini tasdiqladi, keyinchalik uchrashuv joyi va vaqtini diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenko KXDR rahbari bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Avvalroq, Matviyenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maktubini Kim Chen Inga topshirganini xabar bergani haqida ma'lum qilgandi.

«U (Kim Chen In - tah.) buni ortga surmoqchi emasligi haqida aytdi. Endi diplomatik kanallar bo‘yicha bu tashrifning vaqti va joyini muvofiqlashtirish ishlari boshlanadi. U shunday dedi: men uchun Rossiya prezidenti bilan uchrashuv juda muhim ahamiyatga ega, sababi biz ikki tomonlama doirada strategiya va hamkorligimiz istiqbollarini muhokama qilishimiz darkor. Shuningdek, qator muhim, xalqaro kun tartibidagi jiddiy masalalarni muhokama etish istagidaman», - deya Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlarini keltirgan Matviyenko.

Shu bilan birga, RF Federatsiyalar kengashi spikerining aniqlik kiritishicha, Kim Chen In ish jadvali juda qizg‘in bo‘lgani sababli Sharqiy iqtisodiy forumga kela olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In ikki hafta «yo‘qolib qolganidan» keyin omma oldida ko‘rinish bergandi. 

Mavzuga oid