Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiyaga taşrif buyurişga tayyorligini tasdiqladi, keyinçalik uçraşuv joyi va vaqtini diplomatik kanallar orqali muvofiqlaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyalar kengaşi spikeri Valentina Matviyenko KXDR rahbari bilan muzokaralar yakuni böyiça ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Avvalroq, Matviyenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maktubini Kim Çen Inga topşirganini xabar bergani haqida ma'lum qilgandi.

«U (Kim Çen In - tah.) buni ortga surmoqçi emasligi haqida aytdi. Endi diplomatik kanallar böyiça bu taşrifning vaqti va joyini muvofiqlaştiriş işlari boşlanadi. U şunday dedi: men uçun Rossiya prezidenti bilan uçraşuv juda muhim ahamiyatga ega, sababi biz ikki tomonlama doirada strategiya va hamkorligimiz istiqbollarini muhokama qilişimiz darkor. Şuningdek, qator muhim, xalqaro kun tartibidagi jiddiy masalalarni muhokama etiş istagidaman», - deya Şimoliy Koreya yetakçisining sözlarini keltirgan Matviyenko.

Şu bilan birga, RF Federatsiyalar kengaşi spikerining aniqlik kiritişiça, Kim Çen In iş jadvali juda qizğin bölgani sababli Şarqiy iqtisodiy forumga kela olmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In ikki hafta «yöqolib qolganidan» keyin omma oldida köriniş bergandi.