Jahon | 00:32 / 08.09.2018
8132
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh bosh prokurorini NYT'dagi anonim maqola muallifini topishga chaqirdi

AQSh adliya vaziri va bosh prokurori Jyeff Seshns chorshanba kuni The New York Times gazetasida chop etilgan anonim maqola muallifini topishi va maqola bo‘yicha tergov ishi boshlashi kerak. Donald Tramp Shimoliy Dakotaga yo‘l olayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga shu haqida ma'lum qildi. 

Maqola prezident Donald Trampning qator qarorlari uning ma'muriyati tomonidan sabotaj qilinishiga doir iqrorlikni o‘zida jamlagan edi. 

"Bu milliy xavfsizlik masalasi. Fikrimcha, Jyeff tergov ishi ochib, bu maqolaning muallifini o‘rganishi kerak, chunki men buni haqiqatda milliy xavfsizlik masalasi deb hisoblayman", - dedi Tramp. 

Mavzuga oid