16:40 / 09.09.2018
14244

Denis Istomin AQShdagi musobaqa finaliga chiqdi

AQShning Chikago shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 ming dollar bo‘lgan «Chellenjyer» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin yarimfinal doirasida amerikalik Born Frantenjyeloga qarshi kortga chiqib, 6:1, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.

Istomin yarim finalga qadar nikaragualik Marselo Arevaloni 6:4, 6:1, amerikalik Tommi Polni 7:5, 6:3, belgiyalik Ruben Bemelmansni 6:3, 6:4 hisoblarida mag‘lub etgandi.

Endi u final bahsida mezbonlarning yana bir vakili Reili Opelkaga qarshi kortga chiqadi. Opelka yarim finalda germaniyalik Dominik Kuperni 6:3, 7:6 hisoblarida mag‘lub etdi.

Denis Istomin avgust oyi oxirida Osiyo o‘yinlari—2018 turnir medalida chempion bo‘lgandi. 26 avgust kuni Indoneziyada bo‘lgan Istomin va AQSh Ochiq chempionatida ishtirok etib, 25 soat davomida yo‘l yurib, 16 ming kilometr masofadagi Nyu-Yorkka uchib bordi. Ammo u ilk bahsdayoq Stiv Jonsonga 3:6, 6:7, 3:6 hisoblarida yutqazib qo‘ydi.

Ayni vaqtda ATP tasnifida 76-raketka bo‘lib turgan Istomin Chikagodagi turnirga ikkinchi tennischi sifatida saralangan.

Mavzuga oid
Top