Jahon | 16:00 / 09.09.2018
7408
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an va Putin yaqin kunlarda yana bir uchrashuv o‘tkazadi

Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda Vladimir Putin o‘rtasida muloqot davom ettiriladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

«Prezidentlar muloqotni davom ettirishadi», — deya izohlagan u Turkiya prezidentining Putin bilan yana bir uchrashish rejasi haqidagi bayonotini.

Bundan oldinroq Erdo‘g‘an Germaniyaga tashrifidan keyin Rossiya prezidenti bilan yana bir bor uchrashishga tayyor ekanini aytgandi.

«Tashqi ishlar vazirlari, Mudofaa vazirlari va razvedka xizmatlari Rossiya delegatsiyasi bilan intensiv ishlamoqda. Germaniyaga tashrifdan so‘ng biz janob Putin bilan yana bir bor uchrashamiz», — degandi u Yeni Şafak nashriga.

Ma'lumot uchun, 27-28 sentabr kunlarida Turkiya prezidenti Germaniyaga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.

Putin va Erdo‘g‘an 7 sentabr kuni Tehronda Eron, Rossiya va Turkiya ishtirokidagi uchtomonlama sammit vaqtida uchrashishgandi. Bu sammitda Suriya masalasi muhokama qilindi. Tomonlar Suriyada terrorchilarni butunlay yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid