Jahon | 17:30 / 09.09.2018
33095
1 daqiqa o‘qiladi

Moldaviya prezidenti avariyaga uchradi (foto)

Moldaviya prezidenti Igor Dodon avariyaga uchradi. Bu haqda Moldaviya politsiyasi bosh inspektoratiga asoslangan holda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi yakshanba kuni tongida Xinchesht tumani hududida, Strasheny — Kalarash trassasida ro‘y bergan. Ichida davlat rahbari bo‘lgan Mersedes-S avtomobili ag‘darilib ketgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Dodon shifoxonaga yotqizilgan, uning holati haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Avariya oqibatida prezident kortejida bo‘lgan boshqa avtomobil ham jabrlangan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid