19:03 / 25.08.2022
10943

Moldova sobiq prezidenti xalqni ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirdi

Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon mamlakat aholisini ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishga tayyorlanishga chaqirdi.

Foto: Reuters

"Kishinyovda bir milliondan ortiq aholi yashaydi. Nima, 100 ming kishi chiqib, nuqta qo‘yishi qiyinmi? Yo‘q. Har bir rayondan 300-400 kishi bo‘lsa – yana 20 ming kishi degani. Oktyabr-noyabrda Kishinyovdagi bosh maydonda 100-150 ming kishi to‘planishi kerak va o‘shanda nuqta qo‘yamiz. Birlashamiz, uloqtirib tashlaymiz, keyin har bir odam o‘z mafkurasi bilan muddatidan avvalgi saylovlarga boraveradi. Biz birgalikda oxirigacha kurashishimiz kerak. Mayya Sandu mamlakatni ruminlarga sotishini istamayman va bunga yo‘l qo‘ymayman", – dedi Dodon.

25 avgust kuni Apellyatsiya palatasi hakamlar hay’ati Dodon advokatlarining unga nisbatan uy qamog‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi so‘rovini ko‘rib chiqishi kerak edi, ammo majlis 29 avgustga ko‘chirildi.

Avvalroq Kishinyov rayon sudi Dodonga nisbatan uy qamog‘i muddatini yana 30 sutkaga uzaytirgandi.

Sobiq prezident passiv korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish, davlatga xiyonat va siyosiy partiyani jinoiy guruh tomonidan moliyalashtirishda ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top