Jahon | 18:50 / 09.09.2018
34631
2 daqiqa o‘qiladi

Moldaviya prezidentining avariyadan keyingi holati to‘g‘risida ma'lumot berildi

Moldaviya prezidenti Igor Dodon Kishinyov-Kalarash trassasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasidan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda prezident maslahatchisi Maksim Lebedinskiy feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Prezident Igor Dodon o‘zini yaxshi his qilmoqda, shifokorlar aralashuvi talab etilmadi», — deya yozgan Lebedinskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga harakatlanish qoidalarini buzgan holda kortejga kelib urilgan yuk mashinasi haydovchisi sababchi bo‘lgan.

Ayni vaqtda prezident shifoxonada qolmoqda.

O‘z navbatida prezidentning onasi bu avariyadan jiddiy jabrlangan.

«Yo‘l-transport hodisasi oqibatida prezidentning onasi jiddiy jarohat olgan. Avariya Strasheni shahri yaqinida ro‘y berdi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan yuk mashinasi kortej qarshisidan chiqib keldi. Bu avtomobil prezidentning hamda uning qo‘riqchilarining avtomobillariga urildi. Davlat rahbarining va qo‘riqchilarning avtomobillari ag‘darilib ketdi», deyilgan «Bloknot-Moldova» nashri xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid