Sport | 17:20 / 09.09.2018
24357
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Zidan «MYu»ga taklif etadigan futbolchilari ro‘yxatini tuzmoqda

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan «Manchester Yunayted» rahbariyati tomonidan Joze Mourinoga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. The Mirror xabariga ko‘ra, klub ushbu murabbiy bilan muzokara olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Zidan «MYu»ga tayinlansa, ushbu jamoaga olib borishni niyat qilgan futbolchilari ro‘yxatini ham tuzib olgan. Uning ro‘yxatida Toni Kros, Tyagu Alkantara, Xames Rodriges va Edinson Kavani joy olgan.

Zidan o‘tgan mavsum yakunida Madridning «Real» klubidan ketgach, ishsiz qolmoqda. 2016 yil yanvarida madridliklar klubiga tayinlangan murabbiy o‘tgan vaqt ichida uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va bir marta Ispaniya chempionatini yutib oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid