Jahon | 23:04 / 10.09.2018
7489
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik yakkakurashchi Jyeff Monson Rossiya shaharlaridan birining deputatiga aylandi

Foto: Anton Denisov / RIA Novosti

Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Jyeff Monson Moskva viloyatining Krasnogorsk shahri dumasiga saylovlarda g‘alaba qozondi. 

Sportchi deputatlik saylovlarida “Yedinaya Rossiya” partiyasidan ishtirok etgan. 

Monson saylovlarda ishtirok etmoqchiligini iyul boshida ma'lum qilgan. Bundan avvalroq – may oyi oxirida 47 yoshli sportchi Rossiya fuqarosiga aylangandi. U buning uchun AQSh fuqaroligidan voz kechgan. Bundan tashqari, Monsonda tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi pasporti ham bor.

Monson Rossiyaga va Sobiq ittifoqqa muhabbatini yashirmaydi. U bir necha bor janglarga Sobiq ittifoq madhiyasi ostida chiqqan. 

Sportchi o‘z faoliyati davomida 86 ta jang o‘tkazib, ulardan 59 tasida g‘alaba qozongan va 29 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Bitta durang natija qayd qilgan.

Mavzuga oid