Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin AQShdagi turnirda g‘alaba qozonib, navbatdagi titulini qo‘lga kiritdi
AQShning Chikago shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etgan «Chellenjyer» musobaqasi yakuniga yetdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin final bahsida amerikalik Reili Opelkaga qarshi kortga chiqdi va 2 set davom etgan bahsda 6:4, 6:2 hisoblarida g‘alabaga erishib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Istomin finalga qadar nikaragualik Marselo Arevaloni 6:4, 6:1, amerikalik Tommi Polni 7:5, 6:3, belgiyalik Ruben Bemelmansni 6:3, 6:4, amerikalik Born Frantenjyeloni 6:1, 6:2 hisoblarida mag‘lub etgandi.

Avgust oyi oxirida Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan Istomin uchun bu faoliyatidagi uchinchi titul bo‘ldi. Ayni vaqtda dunyoning 76-raketkasi bo‘lib turgan Istomin 2012 yilda 33-o‘ringacha ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025