AQŞning Çikago şahrida erkaklar örtasida tennis böyiça mukofot jamğarmasi 150 ming dollar bölgan «Çellenjyer» musobaqasi bölib ötmoqda.

Mazkur musobaqada iştirok etayotgan özbekistonlik Denis Istomin yarimfinal doirasida amerikalik Born Frantenjyeloga qarşi kortga çiqib, 6:1, 6:2 hisoblarida ğalaba qozondi va finalga çiqdi.

Istomin yarim finalga qadar nikaragualik Marselo Arevaloni 6:4, 6:1, amerikalik Tommi Polni 7:5, 6:3, belgiyalik Ruben Bemelmansni 6:3, 6:4 hisoblarida mağlub etgandi.

Endi u final bahsida mezbonlarning yana bir vakili Reili Opelkaga qarşi kortga çiqadi. Opelka yarim finalda germaniyalik Dominik Kuperni 6:3, 7:6 hisoblarida mağlub etdi.

Denis Istomin avgust oyi oxirida Osiyo öyinlari—2018 turnir medalida çempion bölgandi. 26 avgust kuni Indoneziyada bölgan Istomin va AQŞ Oçiq çempionatida iştirok etib, 25 soat davomida yöl yurib, 16 ming kilometr masofadagi Nyu-Yorkka uçib bordi. Ammo u ilk bahsdayoq Stiv Jonsonga 3:6, 6:7, 3:6 hisoblarida yutqazib qöydi.

Ayni vaqtda ATP tasnifida 76-raketka bölib turgan Istomin Çikagodagi turnirga ikkinçi tennisçi sifatida saralangan.