Jahon | 01:10 / 10.09.2018
16504
1 daqiqa o‘qiladi

Moldaviya prezidenti o‘zi uchragan YTHni shubhali deb atadi

Foto: publika.md

9 sentabrda yo‘l-transport hodisasiga uchragan Moldaviya prezidenti Igor Dodon ushbu YTHni shubhali deb hisoblamoqda. 

Dodonning korteji Strasheni-Kalarash yo‘lida harakatlanayotganda uning mashinasiga qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan yuk mashinasi urilgan. Voqea oqibatida 3 kishi yengil va o‘rta og‘irlikdagi jarohat olgan. Dodonning o‘ziga hech narsa qilmagan.

“Qo‘riqlash va politsiya mashinalari hamrohligida normal tezlik bilan kelayotgan kortejga qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘satdan yuk mashinasi chiqib, aynan prezident ketayotgan mashinaga kelib urilgan. Buning barchasi shubhali ko‘rinmoqda. Boshlangan tergov paydo bo‘layotgan bu va boshqa savollarga javob topishiga umid qilaman”, deb aytgan Dodon.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid