Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi Tsvetnoy bulvarda “raqsga tushuvchi odamchali” antiqa svetofor paydo bo‘ldi
Moskvada Shahar kuniga atab “raqsga tushuvchi odamchali” antiqa svetofor o‘rnatildi. U Nikulin sirki yonida, Tsvetnoy bulvardagi piyodalar o‘tish joyida paydo bo‘lgan.
Bunday svetoforni o‘rnatishdan maqsad shuki, odamlar unda “raqsga tushayotgan odamcha”ni ko‘rib, yo‘lni qizil rangda yugurib o‘tishdan to‘xtaydilar. Bundan tashqari, yashil signalni kutish vaqtida piyodalar o‘zlari ham raqsga tushishlari mumkin.
Svetoforning qizil chirog‘ida aks etuvchi odamcha ko‘rinishidagi belgi harakatsiz turmay, raqsga tushib turadi. Svetofor yaqinida kichik kabina o‘rnatilgan bo‘lib, piyodalar unga kirib, turli harakatlar bajarishlari mumkin bo‘ladi. Ularning harakatlari maxsus kameralar tomonidan skaner qilinadi. So‘ngra kabinadagi odam harakatlari real vaqt rejimida svetoforning qizil chirog‘ida namoyish qilinadi. Ya'ni svetoforda kabinadagi odam harakatlari takrorlanadi.
Kabinada odam bo‘lmaganda esa svetofor oddiy rejimda ishlaydi: unda yurib ketayotgan yoki bir joyda turgan piyoda belgisi akslanadi. Svetofor barcha xavfsizlik talablariga javob beradi: “raqsga tushuvchi odamcha” faqat qizil chiroqda ko‘rsatiladi.
“Shahar kuniga piyodalarga bayramona kayfiyat sovg‘a qilishga qaror qildik. Yashil signalni kutish zerikarli bo‘lmasligi va qizil signalga yo‘ldan yugurib o‘tish istagi paydo bo‘lmasligi maqsadida “raqsga tushuvchi odamchali” svetofor o‘rnatdik. Bundan tashqari, svetofor odamlarning kayfiyatini ko‘taradi. Misol uchun, ular ishlaridan charchab uylariga qaytayotganlarida raqsga tushayotgan odamchani ko‘rib tabassum qila boshlaydilar”, deb aytgan Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi rahbari Vadim Yurev.
Uning aytishicha, antiqa svetoforning o‘rnatilish joyi bejiz tanlanmagan: Nikulin sirkiga ko‘plab bolalar kelishadi va “raqsga tushuvchi odamchali” svetofor ayniqsa ularning e'tiborini ko‘proq tortadi. Ta'kidlanishicha, shunga o‘xshash qurilma Yevropada sinovdan o‘tkazilgan.
Moskvada iyulda yana bir antiqa “gapiruvchi” svetofor sinovdan o‘tkazila boshlangan. Unda yashil chiroq yonganda, karnay ishga tushadi. U shaharliklarga yo‘ldan o‘tish mumkinligi va yashil chiroq amal qilishiga qancha soniya qolganini aytib turadi. Qizil chiroq yonishi bilan svetofor bu haqda ham ma'lum qiladi.
Aytish joizki, hozirda Toshkent ko‘chalarida ham yashil chiroq amal qilishi tugashiga qancha soniya qolganini ko‘rsatib turuvchi svetoforlar o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026