Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko ukrainalik tankchilarning mashqlaridan «kuchli» videoni ko‘rsatdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ukrainalik tankchilarning mashqlaridan «qizg‘in» videoni o‘zining feysbukdagi sahifasida bo‘lishdi.
Ukraina prezidentining aytishicha, bu videoni internetda tasodifan ko‘rib qolgan.
«Balli, yigitlar! Sizlar - qudrat, jangovar kayfiyat va tuganmas optimizmni o‘zingizda aks ettirasiz. Bizning g‘alaba aniq. Gap - kuchda!», - deya yozgan Poroshenko.
U kadrlarda tasvirlangan mashqlar qachon va aynan qayerda o‘tkazilganiga aniqlik kiritmadi.
9 sentabr kuni Ukrainada Tankchi kuni nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qilgandi.
Bildirilishicha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoga suiqasdni Rossiya tomoni tashkillashtirgan.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026