Jahon | 13:08 / 10.09.2018
16618
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya FXX Ukrainani ayblab chiqdi

Foto: Aleksandr Ryumin/TASS, arxiv

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Smolensk oblastida IShID xalqaro terrorchilik tashkilotining a'zosini qo‘lga oldi. U Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) topshirig‘i bilan «DXR» rahbarlaridan birini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgan, deb xabar tarqatdi TASS FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayangan holda.

9 sentabr kuni Rossiya fuqarosi, 1988 yilda tug‘ilgan, Dog‘iston Respublikasidan bo‘lgan Majid Gabibulayevich Magomedov qo‘lga olindi. U Ukraina Xavfsizlik xizmati va «Praviy sektor» rahbarlarining topshirig‘i bilan o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbarlaridan birini o‘ldirishni rejalashtirgan, deyiladi xabarda.

31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarchenko ham bor.

Shundan so‘ng Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoga suiqasdni Rossiya tomoni tashkillashtirgan.  

Mavzuga oid