Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Smolensk oblastida IŞID xalqaro terrorçilik taşkilotining a'zosini qölga oldi. U Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) topşiriği bilan «DXR» rahbarlaridan birini öldirişga tayyorgarlik körgan, deb xabar tarqatdi TASS FXXning Jamoatçilik bilan aloqalar markaziga tayangan holda.
9 sentabr kuni Rossiya fuqarosi, 1988 yilda tuğilgan, Doğiston Respublikasidan bölgan Majid Gabibulayeviç Magomedov qölga olindi. U Ukraina Xavfsizlik xizmati va «Praviy sektor» rahbarlarining topşiriği bilan özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbarlaridan birini öldirişni rejalaştirgan, deyiladi xabarda.
31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlaş natijasida ikki kişi halok böldi, ular orasida özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarçenko ham bor.
Şundan söng Ukraina razvedkasi Zaxarçenkoga suiqasdni kim taşkillaştirganini ma'lum qildi. Qayd etilişiça, özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» sobiq yetakçisi Aleksandr Zaxarçenkoga suiqasdni Rossiya tomoni taşkillaştirgan.












