Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini ma'lum qildi
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini ma'lum qildi.
«Albatta, tez orada murabbiylik ishimga qaytaman. Bu ish o‘zimga yoqadi. [Shu sohada] butun umr faoliyat olib bordim», - degan Zidan TVE`ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik mutaxassis so‘nggi ish joyi bo‘lgan «qirollik klubi»ni 2016-2018 yillar davomida boshqarib keldi. Madrid klubi bilan Zidan Ispaniya chempioni bo‘lib, ketma-ket uch marta UYeFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
So‘nggi vaqtlarda 46 yoshli Zinedin «MYu» bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Shuningdek, matbuotda uning 2019 yildan boshlab «Yuventus»ga ustozlik qilishi haqida ham ma'lumotlar bor.
Biroz oldinroq The Mirror nashri Zidan Manchester klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani va yangi klubiga taklif qiladigan futbolchilari ro‘yxatini tuzayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:28 / 27.05.2021
Zidan yana «Real»dan ketdi. Fransuz charchagan, uning o‘rnida kimlarni ko‘rishmoqchi?
15:15 / 27.05.2021
«Real» Zidanning iste'fosini e'lon qildi
22:38 / 17.05.2021
Zidan yana «Real»dan ketadi. Uning o‘rniga kim keladi - Raul, Allegri yoki Lyov?
14:33 / 06.05.2021