Jahon | 11:53 / 11.09.2018
13118
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShga borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: REUTERS

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qo‘shma Shtatlarga safar qiladi. Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Erdo‘g‘an u yerda BMT Bosh assambleyasining yig‘ilishida qatnashadi.

«Bizning hurmatli prezidentimiz BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun 23-27 sentabr kunlari AQShga borishni rejalashtirmoqda», - deyiladi xabarda.

AQShga qilgan tashrifidan so‘ng, Turkiya prezidenti Germaniyaga jo‘nab ketadi, u yerda tashrif 29 sentabrga qadar davom etadi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar 2016 yilda Turkiya rasmiylari tomonidan qo‘lga olingan amerikalik pastor Endryu Branson ishi tufayli jiddiy keskinlashdi. AQSh Moliya vazirligi Turkiya IIV rahbari Sulaymon So‘ylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamid Gulni «inson huquqlarining jiddiy buzilishi»da aybladi va ularga qarshi sanksiyalar qo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Idlibga hujum qanday xatarlar keltirib chiqarishini aytgandi

Mavzuga oid